The Economist nashri bu haqda ukrainalik rasmiylarga tayanib xabar berdi.
"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh bilan yer osti boyliklari bo‘yicha kelishuvga qo‘shimcha shartnoma kiritiladigan bo‘lsa, unda mamlakat xavfsizligi kafolatlari aniq belgilanishi kerakligini talab qilmoqda", deb yozadi gazeta.
The Economist, shuningdek, kelishuvning keyingi bosqichida Qo‘shma Shtatlar va Ukraina tomonidan tashkil etilayotgan fond ustidan nazorat masalasi ham aniq belgilanishi kerakligini eslatib o‘tgan. Ushbu fondga Ukrainadagi foydali qazilmalardan olinadigan daromadlar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Gap yer osti boyliklariga oid e’lon qilingan kelishuv loyihasida tilga olingan, biroq hali tayyorlanmagan “Fond Shartnomasi” haqida ketmoqda. Ushbu hujjat “Er osti boyliklari bo‘yicha bitim” qanday ishlashini aniq mexanizmlar bilan belgilashi kerak, chunki so‘nggi tahrirdagi kelishuv loyihasi hozircha aniq mazmunga ega emas.