Ukraina va Vengriya Vengriya Ukrainaning NATOga qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun ikki tomonlama xavfsizlik bitimini imzolamadi . Bu haqda Vladimir Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyatining Budapeshtdagi sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi , deb xabar beradi «TASS» .
«Biz uchun Ukrainani Yevropa Ittifoqida qo‘llab-quvvatlashi va Vengriyaning Ukrainani NATOda qo‘llab-quvvatlashi muhim. Hujjatda hozirda NATOda Ukrainani Vengriya qo‘llab-quvvatlashi yo‘q. Bunday bo‘lmaganligi sababli, ushbu hujjat imzolanmagan. Gap shu», dedi Zelenskiy.
Ukraina AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ba’zi NATO davlatlari bilan ham shunday shartnomalar imzolagan. Bu kelishuvlarning barchasi Ukraina ittifoqchilariga hujum qilingan taqdirda Ukraina Qurolli kuchlari o‘z hududini himoya qilishga majbur bo‘lishini ko‘zda tutadi – biroq shartnomalarning hech birida Ukrainaga hujum qilingan taqdirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatilmagan.