Nashrning yozishicha, Ukraina prezidenti devoni AQShning Germaniyadagi sobiq elchisi Richard Grenell bilan muloqot o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Grenell Tramp ma’muriyati tomonidan Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha maxsus elchiga aylanishi mumkin.
Ukraina rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp jamoasi bilan to‘liq aloqa o‘rnatishga AQShning saylangan prezidenti atrofidagilardan kelayotgan "bir-birini istisno qiluvchi" harakatlar to‘sqinlik qilmoqda.
"Donald Trampning o‘zi hali boshqa masalalar bilan band, ular orasida Ukraina oxirgi o‘rinlardan birini egallab turibdi", deb yozadi nashr.