Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy va Tramp uchrashuvdan keyin qo‘shma brifingda ishtirok etishdi

Zelenskiy va Tramp uchrashuvdan keyin qo‘shma brifingda ishtirok etishdi

Vladimir Zelenskiyning qayd etishicha, Ukrainaga adolatli tinchlik kerak.

"Biz ikkalamiz ham urushni yakunini ko‘rishni istaymiz va ikkalamiz ham adolatli kelishuvga erishishni xohlaymiz. Menimcha, bu kerakli vaqtda sodir bo‘ladi. Prezident Zelenskiy urushning imkon qadar tezroq tugashini xohlaydi. Agar men prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsam, biz barcha uchun adolatli kelishuvga erishamiz va o‘ylaymanki, bu tez orada amalga oshadi. Prezident Putin urushni to‘xtatishni xohlaydi. Bu judayam yaxshi. Shuning uchun biz hamma uchun adolatli kelishuvga erishmoqchimiz", — deya fikr bildirdi Tramp.

Shu bilan birga, jurnalistlar kelishuv qanday bo‘lishi mumkinligi so‘raganda, Tramp “bu haqda gapirishga hali erta” ekanligini aytdi

"Muammo shundaki, Putin juda ko‘p odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Biz bu urushni to‘xtatish maqsadida unga bosim o‘tkazish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishimiz kerak", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Trampning qayd etishicha, agar u AQSh prezidenti bo‘lganida, bu urush umuman sodir bo‘lmasdi.

"Urushni to‘xtatish bo‘yicha taklifim taslim bo‘lish emas. Mening strategiyam ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qoladi. Bu mening shaxsiy kurashim emas, bu insoniyatni qutqarish uchun kurash", — deya qo‘shimcha qildi Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod.

Tramp, shuningdek, Zelenskiyga Ukrainaga borishga va’da bergan.

Kiritildi: 08:38 28.09.2024. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!