Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qizi Aleksandra va o‘g‘li Kirill urush paytida Kiyevda qolganini tan oldi.
Vladimir va Elena Zelenskiyning ikki farzandi bor - 19 yoshli Aleksandra va 11 yoshli Kirill. Qizi Kiyevda oliy yuridik ma’lumot oladi, o‘g‘li esa maktab o‘quvchisi.
“Bu mening baxtim. Hayotda inson bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ijobiy narsalardan biri bu bolalardir. Ular Kiyevda. Ular bu urushni boshqa bolalar bilan birga boshdan kechirishadi. Sirenlar bo‘lganda, raketa hujumlari sodir bo‘lganda, ular maktab va universitetlardagi bomba boshpanalariga boradilar. Lekin bu haqiqat. Ularning Ukrainada ekanligidan juda xursandman. Bu boshqalar uchun namuna. Ko‘chada bolalar bo‘lmasa, ularning ko‘zini ko‘rmasak, savol tug‘iladi, biz kim uchun kurashyapmiz? Biz ularning qadriyatlari va o‘zimizning qadriyatlarimiz uchun, lekin eng avvalo, farzandlarimizning kelajagi uchun kurashamiz. Va ularning Ukrainada mavjudligi juda muhim”, - dedi u.