Bu haqda Vladimir Zelenskiy Norvegiyaga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Betaraflik haqida. Agar bu NATO haqida bo‘lsa, men har doim aytdim: afsuski, ular bizni NATOGA qabul qilishmaydi. Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga taklif qilinmayapti, gaplashadigan hech narsa yo‘q. Qo‘shma Shtatlar NATOdagi asosiy ittifoqchisi sifatida Ukrainani NATODA qo‘llab-quvvatlamaydi. "Bugungi kunda shunday", dedi Zelenskiy Ukrainaning neytral maqomga tayyorligi haqidagi savolga javob berib.
Shu bilan birga, u hech qachon "Ukrainaning betarafligi masalasini muhokama qilishga" tayyorligini aytmaganligini ta’kidladi.