Volodimir Zelenskiy NATOning Vilnyusdagi sammitida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini olishni kutayotganini aytdi.
“Bizga qog‘ozda kerak, toki rahbarlardan biri xalq charchayapti, iqtisod charchayapti, tegishli hajmlarni (harbiy, iqtisodiy yordam – tahr.) bera olmaymiz, degan gapni boshlamasligi uchun , bizga qog‘ozdagi kafolatlar kerak”, dedi Zelenskiy matbuot anjumanida Kiyev NATO sammitida xavfsizlik kafolatlarini olishi mumkinmi degan savolga.