Bugun 24 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy: "Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun o‘z lavozimimni tark etishga tayyorman"

Zelenskiy: "Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun o‘z lavozimimni tark etishga tayyorman"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini aytdi.

Bu haqda u 23 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Ukrainaning NATOga qo‘shilishi evaziga mumkin.

"Agar Ukraina uchun tinchlik muhim bo‘lsa, agar siz haqiqatan ham o‘z lavozimimni tark etishimga muhtoj bo‘lsangiz, men tayyorman", dedi u jurnalistning savoliga javob berib.

Zelenskiy Ukraina xavfsizligiga 20 yildan keyin emas, bugun e’tibor qaratayotganini va "hokimiyatda o‘n yil qolish" niyatida emasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning uzoq yillar xavfsizligini ta’minlash - bu uning orzusi.

Prezident AQSh prezidenti Donald Tramp bilan urushni imkon qadar tezroq tugatish zarurligi borasidagi fikriga qo‘shilishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kuch bilan tinchlik, birinchi navbatda, kuchlarni Rossiya tomon yo‘naltirishdir.

Kiritildi: 22:00 23.02.2025. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!