Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari tafsilotlarini e’lon qildi

Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari tafsilotlarini e’lon qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, taklif qilinayotgan xavfsizlik kafolatlari monitoring missiyasi va sheriklarning kelishuv buzilishiga javob qaytarish mexanizmini o‘z ichiga oladi.

Zelenskiy bu haqda jurnalistlarga ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, Ukraina uchun ustuvor vazifa o‘t ochishni to‘xtatish bilan bir vaqtda kuzatuv missiyasini boshlashdan iborat.

"Monitoring biz ishonadigan va texnik jihatdan bunga qodir bo‘lgan hamkorlarimiz rahbarligida amalga oshiriladi — ularda sun’iy yo‘ldoshlar va dronlar uchun barcha zarur infratuzilma mavjud", — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Uning ta’kidlashicha, xavfsizlik kafolatlarining ikkinchi qismida Ukraina hamkorlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimining mumkin bo‘lgan buzilishlariga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida aniq ta’rif mavjud.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!