Ukraina mojaro tugaganidan keyin 800 ming kishilik qurolli kuchlarni mustaqil ravishda moliyalashtira olmaydi, shuning uchun G‘arb hamkorlaridan bunday armiyani saqlashda moliyaviy ko‘mak so‘ramoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy jurnalistning shu mavzuga doir savoliga javoban ma’lum qildi. ma’lum qildi.
"Harbiylarimizning taklifi — 800 ming kishilik armiya. Ukraina o‘t ochishni to‘xtatgan taqdirda bunday armiyani moliyalashtirishga qodirmi? Yo‘q, qodir emas, moliyaviy resurs yetmaydi", — dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasini to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan saqlashga biroz vaqt kerak bo‘ladi.
"Shuning uchun men yetakchilar bilan muloqot qilyapman, chunki armiyamizni sheriklar hisobidan qisman moliyalashtirishni ko‘rib chiqyapman", — deya qo‘shimcha qildi u.
New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina AQSh va YEI bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki xil hujjat ustida kelishuvga erishgan. Unga binoan, Kiyev tinchlik sharoitida 800 ming kishilik armiyani saqlashi mumkin. Shu bilan birga, AQSh bu raqamni 600 minggacha cheklashni taklif qilgan.