Ukraina prezidenti bu haqda Sky News'ga bergan intervyusida aytdi.
"Men bu urushni yakunlashdan AQSh va barcha Yevropa hamkorlari qo‘llab-quvvatlaydigan hujjatga ega bo‘lishni istayman. Bu juda muhim. Buning uchun bizga prezident Trampning aniq pozisiyasi kerak", — dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining intervyusidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Harbiy harakatlarni to‘xtatishning yagona yo‘li avvalo muayyan xavfsizlik kafolatlarini ishga tushirishdir;
◾️ Qo‘shma Shtatlarni Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga va Yevropa Ittifoqisiz, bir tomonlama tarzda Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqiramiz;
◾️ Tramp Alyaskadagi uchrashuvda Putinga "ko‘p narsani berdi". Menimcha, agar bu Ukraina ham qatnashgan uch tomonlama uchrashuv bo‘lganida, biz qandaydir natijaga erishgan bo‘lardik;
◾️ Putin izolyasiyadan chiqdi. U o‘zi istaganiday AQSh prezidenti bilan suratga tushdi va ochiq muloqotga ega bo‘ldi. Bu esa unga boshqa formatlar va sammitlarga yo‘l ochib beradi;
◾️ Tramp va Putin bilan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorman. Lekin men bizga hujum qilayotgan davlat poytaxti, Moskvaga bora olmayman;
◾️ Baxtimizga Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga Rossiya raketasi urilganida portlamadi. Agar u portlaganida, binoning yarmi vayron bo‘lardi;
◾️ Agar Polshaga keng ko‘lamli hujum bo‘lsa, mamlakat o‘z aholisini qutqarishga ulgurmasligi mumkinligin. Rossiya bizga qarshi 810 ta dron uchirgan bo‘lsa, biz 700 tasini urib tushirdik. Ular esa 19 drondan faqat 4 tasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Polsha urush holatida emas, shuning uchun bunday vaziyatlarga tayyor bo‘lmagan;
◾️ Rossiyaning so‘nggi 3 yirik hujum amaliyoti muvaffaqiyatsizlikka uchradi, biroq Moskva yana 2 og‘ir hujum operasiyasini tayyorlamoqda;
◾️ Bu texnologik va dinamik urush. Dron avlodlari har 3 oyda yangilanmoqda. Siz bir turdagi dronlarga qarshi radioelektron kurash tizimini ishlab chiqishingiz mumkin, ammo 3 oydan keyin ular boshqa turdagi dronlarga aylanadi.