Vladimir Zelenskiy Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushiga barham berish bo‘yicha hali aniq rejaga ega emasligini aytdi.
"Hali rasmiy reja mavjud emas. Turli nashrlarda yoritilayotgan ma’lumotlar bor. Ishonchim komilki, bular prezident Donald Trampning rasmiy rejasi emas", — deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Ukrainadagi urushni tugatish rejasi shaxsan Donald Tramp tomonidan taqdim etilishini ma’lum qilgan edi.