Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vatikanda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qisqa yuzma-yuz uchrashuv boshqa ishtirokchilar ishtirokida Oval kabinetdagi avvalgi uchrashuvga qaraganda samaraliroq bo‘lganini aytdi.
ABC News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina davlati rahbari 15 daqiqa davom etgan yakkama-yakka uchrashuvni “yaxshi va samarali” deb baholagan.
"Vaqt va imkoniyat kerak. Vatikandagi bu 15 daqiqalik yakkama-yakka suhbat Oval kabinetdagi katta doiradagi uchrashuvdan ko‘ra ko‘proq narsani berdi", - deya ta’kidladi u.
Oval kabinetda Tramp bilan bo‘lib o‘tgan va ommaviy bahs bilan yakunlangan uchrashuvni sharhlar ekan, Zelenskiy o‘zi uchun “qiyin bo‘lganini” tan oldi. U, shuningdek, Amerika rahbari bilan ko‘proq hamkorlik qilishga umid qilishini qo‘shimcha qildi.
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi 26 aprel kuni Vatikanda bo‘lib o‘tgan va u yerga o‘nlab dunyo yetakchilari Rim papasi Frankiskning dafn marosimiga kelgan. Ukraina prezidenti devoni Tramp bilan navbatdagi uchrashuv 15-17 iyun kunlari Kanadada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan G7 sammiti doirasida bo‘lib o‘tishini kutmoqda.