Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Tramp bilan telefonda suhbatlashib, hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishganini ta’kidladi

A A A
Zelenskiy Tramp bilan telefonda suhbatlashib, hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishganini ta’kidladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidentligi saylovida g‘alaba qozongan Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgani va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

"Prezident Donald Tramp bilan juda yaxshi telefon orqali muloqot qildim va uni tarixiy va ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladim – bu ajoyib kampaniya natijasi bo‘ldi," – deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda.

"Biz faol muloqotni davom ettirish va hamkorligimizni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldik. AQShning kuchli va qat’iy rahbarligi jahon hamjamiyati va adolatli dunyo uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega," deb ta’kidladi Zelenskiy.

Kiritildi: 10:24 07.11.2024. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!