Zelenskiy shubha ostida bo‘lmasligi kerak, chunki mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni aynan u e’lon qilgan — Ukraina prezident devoni rahbari.
"Prezident Volodimir Zelenskiy Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashni boshlab bergan va to‘liq hamda erkin tergovlar o‘tkazishga ruxsat bergan. Bu korrupsiyaga qarshi organlarning mustaqilligi va samaradorligini isbotladi", — dedi Andrey Yermak.
Avvalroq Ukrainadagi yirik korrupsiya mojarosi sababli mamlakatning adliya va energetika vazirlari iste’foga chiqqani xabar qilingan edi.