Zelenskiyning aytishicha, Kurskda 11 mingga yaqin Shimoliy Koreya askari bor.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya chegarasidagi Kursk hududiga Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin askari yetib kelgani aytdi.
«Shimoliy koreyaliklar soni ortganini ko‘rmoqdamiz, biroq hamkorlarimizning javobi oshgani yo‘q. Afsuski,» - dedi Zelenskiy tungi videomurojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar Ukraina razvedka xizmatlarining xulosalariga asoslangan.
Shimoliy Koreya askarlari Ukraina qo‘shinlariga qarshi jang qilish uchun yuboriladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Ayni paytda Pentagon Shimoliy Koreyaning Kurskdagi qo‘shinlari soni qariyb 2000 nafarga ko‘paygani va mintaqadagi jami sonlari 10 ming nafarga yetganini ma’lum qilgan.
Pentagon matbuot kotibi Pat Rayderning aytishicha, Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi kuchlarining umumiy soni «taxminan 11-12 mingga yaqin bo‘lishi mumkin».
https://www.dw.com/en/ukraine-updates-germanys-baerbock-pledges-more-aid-in-kyiv/live-70678761