Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Rossiyani Ukrainaga qarshi navbatdagi keng ko‘lamli zarbalarga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi

Zelenskiy  Rossiyani Ukrainaga qarshi navbatdagi keng ko‘lamli zarbalarga tayyorgarlik  ko‘rayotganlikda aybladi

Ukraina prezidenti video murojaatida razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga qarshi keng ko‘lamli hujumlar rejalashtirayotganini bildirdi.

"Moskva urushni yakunlash bo‘yicha ilgari surilayotgan real takliflarni rad etmoqda. Rossiya hujumlari doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Afsuski, yovuzlik ham rivojlanyapti", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Shveysariyada o‘tadigan muzokaralarda barcha asosiy masalalar, jumladan hududiy masalalar ham muhokama qilinishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegasiyasi tarkibi 20 kishigacha kengaytiriladi va unga Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi.

17–18 fevral kunlari Jenevada o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Avvalgi muzokaralar 23–24 yanvar hamda 4–5 fevral kunlari Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan, biroq tomonlar muhim kelishuvga erisha olmagandi.

Kiritildi: Bugun 17:10. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!