Vladimir Zelenskiy sanksiyalar Rossiyani jiddiy muzokaralarga undash vositasi ekanini aytdi. Uning so‘zlaridan Ukrainaning "STRANA.ua" nashri iqtibos keltirgan.
"Sanksiyalar Rossiyani jiddiy muzokaralarga ko‘ndirish uchun dunyoda mavjud bo‘lgan kam sonli real vositalardan biridir," - dedi u.
Uning fikricha, sanksiyalar yumshatilib, Rossiya kelishuvni buzsa, cheklovlarga qaytish juda sekin kechadi.
O‘sha vaqtga kelib ko‘pchilik cheklovlar haqiqatan ham ishlayotganiga ishonmay qo‘yadi, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.