Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Alaviy, druz va nasroniy ayol: Asad rejimi qulaganidan keyin Suriyaning ilk hukumatiga kimlar kirgani e’lon qilindi

Alaviy, druz va nasroniy ayol: Asad rejimi qulaganidan keyin Suriyaning ilk hukumatiga kimlar kirgani e’lon qilindi

Bu xaqida SANA xabar berdi.

Bu hukumat Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin Suriyada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak. Xususan, davlat boshqaruvida diniy va etnik ozchilik vakillarining ishtiroki ortgan hamda oldingi o‘n yilliklarga qaraganda G‘arbga nisbatan ochiqlik kuchaygan.

Mamlakatda ilk bor sport vazirligi tashkil etildi, idoralardan biriga alaviy ozchiligi vakili rahbar etib tayinlandi. Mehnat vaziri lavozimini esa nasroniy ayol egalladi.

Tashqi ishlar vaziri Asad al-Shiboniy va Mudofaa vaziri Murhaf Abu Qasra ash-Sharaa davrida olgan lavozimlarini saqlab qoldi.

Suriya muvaqqat prezidenti hukumatning asosiy ustuvor yo‘nalishlari Suriyani “qayta qurish” hamda “millat va har bir fuqaro manfaatlarini kafolatlaydigan kuchli va barqaror davlat” yaratish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash, armiyani kuchayttirish va iqtisodiyotni mustahkamlash bo‘lishini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:37 30.03.2025. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!