Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Zelenskiy Rossiyaga hujum qilishda G‘arb qurollaridan foydalanmaydi

Zelenskiy Rossiyaga hujum qilishda G‘arb qurollaridan foydalanmaydi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Rossiya hududlariga zarba berishda G‘arb qurollaridan foydalanmasligini aytdi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Men ko‘p marta aytganman, bizni Rossiya yerlari qiziqtirmaydi», dedi siyosatchi. Bundan tashqari, Ukraina rahbari yana Moskva bilan muzokaralarni imkonsiz deb atadi. Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga ishonchi yo‘qligini, chunki u o‘z so‘zida turmaganini ta’kidladi.

Ukraina rahbari mojaro davom etsa, uchinchi jahon urushi boshlanishini qayd etdi. Uning fikricha, diplomatik yechim Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqqandagina mumkin.

Kiritildi: 09:14 09.03.2023. O'qildi: 5706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!