Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujumlar tayyorlamoqda"

Zelenskiy: "Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujumlar tayyorlamoqda"

Yaqin kunlarda Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy aralash zarba berish ehtimoli bor.

Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida ma’lum qildi.

«Razvedka ma’lumoti bor: ruslar yangi ommaviy zarba tayyorlamoqda. PVOni charchitish uchun dronlar va raketalardan foydalanishni rejalashtirishmoqda. Ular sovuqdan foydalanmoqchi», — dedi Zelenskiy.

U yangi dushman zarbasi yaqin kunlarda bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, ukrain xalqini hushyorlikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainadagi energetika ob’ektlarini maqsad qilib hujum qilmoqda, ayniqsa qattiq sovuq sharoitida.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!