Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, 12 iyul kuni tonggi soatlarda Rossiya tomonidan Ukraina hududlariga 26 ta qanotli raketa va 597 ta dron uchirilgan.
«Bu tun Xarkovdan va Sumidan to Lvov va Bukovinagacha hujum qilindi. Jami 26 ta qanotli raketa va 597 ta dron bo‘ldi», — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 dan ortiq raketa va ko‘pchilik dronlar Ukraina havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan.
Shu bilan birga, Zelenskiy fuqarolik infratuzilmalari, jumladan, turar joy binolariga ham zarbalar berilganini ta’kidladi.
«Hozircha Chernovsida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgani ma’lum. Yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Yana taxminan 20 nafar yaralangan fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.