Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: Rossiya hujumida 650 dan ortiq dron va o‘nlab raketalar qo‘llanildi

Zelenskiy: Rossiya hujumida 650 dan ortiq dron va o‘nlab raketalar qo‘llanildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan uyushtirilgan ommaviy hujumda 650 dan ortiq dron va «o‘ttizdan ziyod» raketa ishlatilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar asosan energetika tizimi, fuqarolik va hayotiy infratuzilma ob’ektlariga qaratilgan. Zelenskiy Kiyev, Xmelniskiy va Jitomir viloyatlarida kamida uch kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari hali dron va raketalar soni bo‘yicha aniq ma’lumot e’lon qilgani yo‘q. Rossiya tomonidan hozircha rasmiy bayonot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 14:53. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!