Bugun 22 iyun, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Rossiya haqida kutilmagan fikr bildirdi

Zelenskiy Rossiya haqida kutilmagan fikr bildirdi

Ukraina hech qachon Rossiya bilan murosaga kelmaydi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Germaniya bundestagidagi chiqishi davomida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Murosaga kelish vaqti o‘tdi", – deb ta’kidladi Zelenskiy.

Zelenskiy, shuningdek, Ukrainani tiklash uchun Rossiya aktivlaridan foydalanishni talab qildi. Uning fikricha, mojaro Kiyev shartlari bilan yakunlanishi kerak.

Zelenskiy 11 iyun kuni Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish uchun Berlinga keldi.

Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor ta’kidlagan, biroq Kiyev qonunchilik darajasida ularga taqiq joriy qilgan. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, agar Ukraina muzokara jarayonini xohlasa, bu taqiqni bekor qilish kerak.

Kiritildi: 23:10 12.06.2024. O'qildi: 23871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!