Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni taqiqlamagan, faqat shaxsan Putin bilan muzokaralar olib borish taqiqlanadi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Yermak gapirdi.
"Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining qarori Putin bilan muzokara olib borishning iloji yo‘qligi bilan bog‘liq. Muzokaralarda Rossiya vakillarining ishtirok etishiga kelsak, bizning pozisiyamiz o‘zgarishsiz qolmoqda. “Tinchlik rejasi” tayyor bo‘lsa, ikkinchi tinchlik sammitida Rossiya vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno etmaymiz", — deya izohladi Yermak.
Eslatib o‘tamiz, 30 centyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.