Nashrning xabar berishicha, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan uchrashuv o‘tkazdi, u Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ukrain delegasiyasiga rahbarlik qilgan edi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Zelenskiy yangi muzokara guruhini shakllantirish zarurligini ta’kidladi.
"15-16 may kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar dunyoga tinchlik sari intilishimizni namoyon etdi va urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga bosim o‘tkazish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi", — dedi prezident.
U muzokaralardagi eng katta yutuq sifatida tomonlar “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlarni almashishga kelishib olinganini ta’kidladi.