Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Rimda AQSh prezidentining maxsus vakili Keyt Kellog bilan uchrashuvni boshladi.
Bu haqda Ukrainaning "Strana" nashri xabar berdi.
"Zelenskiyning Rimda Trampning vakili Kellog bilan uchrashuvi boshlandi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Rimga 9 iyul kuni kelgan va u yerda Italiya prezidenti Serjio Mattarella bilan uchrashgan. Ukraina rahbari Rim papasi Lev XIV bilan ham uchrashdi.
2025 yil 10-11 iyul kunlari Rimda Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi va unga bosh vazir Jorj Maloni mezbonlik qiladi.