Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar urush uzoq yillar davom etsa va G‘arb tomonidan sanksiyalar bo‘lmasa, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishi mumkinligini aytdi.
U bu haqda ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Dunyoda birdamlik bo‘lsa va dunyo biz tomonda bo‘lsa, Putin hozirgi sharoitda urushda g‘alaba qozona olmaydi. Bu bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun, agar bu juda uzoq, ko‘p, ko‘p yillar va sanksiyalarsiz davom etadigan urush bo‘lsagina u g‘alaba qozonishi mumkin. U chindan ham shuni xohlaydi, chunki unga bu urush uchun pul kerak bo‘ladi va o‘limigacha Kremlda o‘tirishni xohlaydi. Bu uning maqsadi", dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy, shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti neft va energetikaga bog‘liqligini, shuning uchun ham bu hududlarga nisbatan sanksiyalarni imkon qadar tezroq kiritish kerakligini ta’kidladi.