Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy: Putin Yevropa birligini parchalay olmadi

Zelenskiy: Putin Yevropa birligini parchalay olmadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa birligini parchalay olmaganini, biroq u alohida davlatlarga ittifoqni zaiflashtirish uchun murojaat qilishga urinishi mumkinligini ta’kidladi.

Ukraina yetakchisi Zelenskiy Angliyaning Oksford shahri yaqinidagi Blenxaym saroyida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining 4-sammiti ochilishida nutq so‘zladi.

Zelenskiy Yevropada birdamlikka erishganliklarini, bu esa Rossiya prezidenti Putinning asosiy maqsadiga erisha olmaganini anglatadi.

«(Putin) Yevropada bo‘linishni yarata olmadi», dedi Zelenskiy va Rossiya yetakchisi Ittifoqni zaiflashtirish uchun alohida davlatlar bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 02:10 19.07.2024. O'qildi: 1495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!