Vladimir Zelenskiy Polsha bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar fonida Varshava, shuningdek, Vengriya bilan munosabatlarni qurish uchun «yangi poydevor» izlash istagida ekanini ma’lum qildi.
Bu haqda u o‘z Telegram kanalida yozib qoldirgan.
«Ukrainaning qo‘shnilari, ular bilan munosabatlar yangi asosni talab qiladi, ayniqsa bu Polsha va Vengriyaga tegishli», — deya aniqlik kiritdi u.