Vladimir Zelenskiy mudofaa xarajatlarini 14,6 milliard dollarga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.Ukraina Oliy Radasi deputati Yaroslav Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra, bu budjetdagi rekord o‘sishdir.
Avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakat hukumati byudjet xarajatlarini 14,68 milliard dollarga oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qullaganini ma’lum qilgandi.Shmixalning so‘zlariga ko‘ra, pul g‘arblik hamkorlar ko‘magi orqali ajratiladi.
Ukrainaning 2023 yilgi budjeti rekord darajadagi 38 milliard dollar defisitga ega.Zelenskiy G‘arb Kiyevga budjet kamomadini qoplashda yordam berishiga umid bildirdi.