Ukraina prezidenti Zelenskiy 2015 yilda imzolangan Minsk kelishuvlarini Rossiyaga berilgan imtiyoz deb hisoblaydi.
"Men hech kimni xafa qilishni xohlamayman, ammo vaziyatni tinchlantirish yo‘li sifatida ko‘rilgan Minsk kelishuvlari aslida Rossiyaga berilgan imtiyoz edi. Men Emmanuel Makron va Angela Merkelga Minsk kelishuvlarini amalga oshirib bo‘lmasligini aytganman. Ammo men ularga shunday dedim: frontdan qaytdim, bu frontdagi barcha qishloqlarda bo‘ldim. Minsk kelishuvlarini amalga oshirib bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi u.