Zelenskiy Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
"Men Emmanuel Makronning ayrim liderlar bilan aloqada bo‘lganini ijobiy baholayman. Hozircha bu borada tafsilotlarni oshkor etmoqchi emasman, chunki jarayon davom etmoqda.
Bu masala borasida ayrim yetakchilardan ijobiy munosabatni ko‘ryapman. Bu oson jarayon emas, bunda qanday xavflar borligini yaxshi bilamiz", — dedi u.