Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy kurashni davom ettirishga tayyor: "Yomon kelishuvdan ko‘ra, kelishuvsiz bo‘lgan yaxshiroq"

Zelenskiy kurashni davom ettirishga tayyor: "Yomon kelishuvdan ko‘ra, kelishuvsiz bo‘lgan yaxshiroq"

Agar urushni tugatish uchun yaxshi kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, Ukraina Rossiya bilan kurashishni davom ettirishga tayyor.

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bu haqda The Atlantic nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, prezidentning yaqin doirasining ba’zi a’zolari Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik bitimi uchun imkoniyatlar oynasi yopilib borayotganidan xavotirda. Ularning fikricha, agar bu bahorda urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Kiyev yillar davomida jang qilishi mumkin.

O‘z navbatida, Zelenskiy The Atlantic nashriga bergan intervyusida o‘z xalqini yomon kelishuvni qabul qilishga majburlashdan ko‘ra, kelishuvni butunlay rad etishni afzal ko‘rishini ta’kidladi. Ukraina prezidenti shuningdek, to‘rt yillik to‘liq ko‘lamli urushdan so‘ng kurashni davom ettirishga tayyor ekanligiga ishontirdi. "Ukraina yutqazmayapti", dedi u jang maydonidagi vaziyat haqida izoh berar ekan.

Ukraina rahbari shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya-Ukraina urushini tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlari haqida ham fikr bildirdi.

"Tramp uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatishdan ko‘ra buyukroq g‘alaba yo‘q. Bu uning merosi uchun eng muhim ustuvor vazifa. Trampning eng yaxshi imkoniyati - buni [2026 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan] oraliq saylovlardan oldin amalga oshirish”, dedi Zelenskiy. “Ha, u kamroq o‘limni xohlaydi. Lekin, aniqrog‘i, bu uning uchun shunchaki g‘alaba, siyosiy g‘alaba.”

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!