Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tashqi ishlar vazirligi rahbari etib Dmitriy Kuleba o‘rniga o‘zining birinchi o‘rinbosari Andrey Sibigani tayinlashni taklif qildi. Bu haqda Oliy Radadagi prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi «Xalq xizmatchisi» partiyasi fraksiyasi rahbari Devid Araxamiya ma’lum qildi .
U Zelenskiy fraksiya yig‘ilishiga kelganini tasdiqladi.
«Prezident Vladimir Zelenskiy bizga qo‘shildi . Buning uchun biz undan minnatdormiz», deb yozdi Araxamiya o‘zining Telegram-kanalida.