Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Eronda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari yuzasidan fikr bildirib, jahon yetakchilarini eronliklarga hukumatni o‘zgartirishda yordam berishga chaqirdi.
U ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida Erondagi voqealarni «o‘zgarish mumkin bo‘lgan muhim lahza» deb atab, xalqaro hamjamiyatni bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka da’vat etdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, hozirgi Eron rejimi nafaqat o‘z xalqiga, balki Ukraina va boshqa mamlakatlarga ham katta zarar yetkazgan.