"Rossiya bu yerda nima qilganini anglamoqchi bo‘lsangiz, Ukrainaga keling va buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. Shundan so‘ng siz bizga urushni qanday tugatish va uni kim boshlaganini aytib berasiz", — deydi Zelenskiy, The New York Times tomonidan tashkil etilgan DealBook sammitida.
Ukraina prezidenti sammitda videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Oktyabr oyi boshida Mask Moskva va Kiyev o‘rtasida mumkin bo‘lgan sulh parametrlarini taklif qilgan bir qator tvitlarini e’lon qilgan edi. Xususan, u Ukrainaga Qrimni qaytarmaslikni taklif qilgan.