Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Zelenskiy G‘arb kuchlarining qo‘g‘irchog‘idir. Ukrainaliklar uning boyib borayotganini juda yaxshi biladi"

"Zelenskiy G‘arb kuchlarining qo‘g‘irchog‘idir. Ukrainaliklar uning boyib borayotganini juda yaxshi biladi"

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni mamlakatni "sotishda" aybladi va uni "G‘arbning qo‘g‘irchog‘i" deb atadi.

"U [Zelenskiy] g‘oyatda mashhur emas, chunki u o‘z mamlakatini sotgan G‘arb kuchlarining qo‘g‘irchog‘idir. Ukrainaliklar uning va butun mamlakat rahbariyatining boyib borayotganini juda yaxshi bilishadi," - dedi Karlson.

Uning aytishicha, Zelenskiy "diktator ta’rifiga to‘la mos keladi." Karlson yana qo‘shimcha qildiki, Ukrainaga yordam berish "AQShning milliy manfaatlariga zarar yetkazmoqda."

Bundan oldin Karlson Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan g‘azablanishga hech qanday sababi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 21:07 01.02.2025. O'qildi: 2382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!