Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitiga taklif etilmaganidan xafa ekanligini bildirdi. Tadbir 18-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Zelenskiy Ukrainaning tinchlik rejasini taqdim etgan virtual tarzda ishtirok etgan 2022 yilgi sammitdan farqli o‘laroq, bu safar uchrashuv Ukraina delegasiyasisiz o‘tadi - Braziliya rasmiylari Zelenskiyni dunyoning 20 ta eng yirik iqtisodiyoti sammitiga taklif qilmaslikka qaror qilishdi.
Shu bilan birga, Braziliya Rossiyani taklif qildi: yig‘ilishda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vakillik qiladi. Prezident Vladimir Putin uning ishtiroki Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silvaga muammo tug‘dirishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Braziliya Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiksiyasini qabul qiladi. Agar Putin mamlakatga uchib kirsa, uni harbiy jinoyatlarda ayblab hibsga olishi va Gaagaga ekstradisiya qilishi shart edi. Moskva Gaaga sudining qarorini rad etib, uni «yuridik kuchsiz» deb ataydi.