Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers bilan pozisiyalarni muvofiqlashtirganini aytib, suhbatni "samarali" deya baholadi.
"Biz Ukrainada Germaniyaning Yevropa xavfsizligini tiklash va Ukrainadagi insonlar hayotini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini juda qadrlaymiz. Aynan Germaniya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha yetakchi davlat va mamlakatimiz moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda", – deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi partiyasi (XDI) Mers va Zelenskiy o‘rtasida muloqot bo‘lganini tasdiqladi, biroq uning mazmuni haqida izoh berishdan bosh tortdi.