Bugun 20 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Yevropaga murojaat qildi: "Eski davrlar tugadi..."

A A A
Zelenskiy Yevropaga murojaat qildi: "Eski davrlar tugadi..."

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari ishtirokida Yevropaning umumiy harbiy tuzilmasini yaratish g‘oyasini ilgari surdi, chunki AQShga tayanib yashash mumkin bo‘lgan davr ortda qoldi.

Zelenskiy bu haqda 15 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqida aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini Ukraina ommaviy axborot vositalari keltirmoqda.

"Ko‘plab rahbarlar Yevropaga o‘z armiyasi - Yevropa armiyasi kerakligi haqida gapirishdi. Menimcha, buning vaqti yetib keldi. Yevropa qurolli kuchlari tashkil etilishi lozim... Gap faqatgina mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizlarda oshirish haqida emas. Ha, mablag‘ kerak - ammo pulning o‘zi dushman hujumini to‘xtata olmaydi. Odamlar va qurol-yarog‘lar bepul berilmaydi, lekin masala faqat byudjetda emas. Asosiysi, odamlarning o‘z uyini himoya qilish zarurligini anglashidadir. Ukraina armiyasisiz Rossiyani to‘xtatish uchun Yevropa armiyalari yetarli bo‘lmaydi. Yevropada faqat bizning armiyamiz haqiqiy, zamonaviy jangovar tajribaga ega. Ammo bizning armiyamizning o‘zi ham yetarli emas. Bizga siz taqdim eta oladigan narsalar kerak. Qurol-aslaha. Ta’lim. Sanksiyalar. Moliyalashtirish. Siyosiy bosim. Va birlik... Biz Yevropa Qurolli kuchlarini barpo etishimiz lozim," - deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy "g‘alaba rejasi"da agar Ukraina NATOga a’zo bo‘lsa, AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokining bir qismini Ukraina kuchlari bilan almashtirishni taklif qilganini eslatib o‘tdi: "Agar amerikaliklar o‘z ishtirokini kamaytirib, bu yo‘ldan borishga qaror qilsa, bu yomon, bu xavfli, biroq biz Yevropada barchamiz bunga tayyor turishimiz kerak." "Boshqalarga Yevropa kuchini hurmat qilishdan o‘zga chora qolmasligi uchun o‘z kuchimizga ishonch zarur. Yevropa armiyasisiz esa bunga erishib bo‘lmaydi. Yana bir bor takrorlayman - Yevropaning o‘z qurolli kuchlariga ehtiyoji bor," - deya da’vat qildi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 20:44 15.02.2025. O'qildi: 6566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!