Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy BMTda chiqish qildi: Putin dunyoga urush g‘oyasini tarqatayotgan nolinchi bemor, uni to‘xtatish kerak

Zelenskiy BMTda chiqish qildi: Putin dunyoga urush g‘oyasini tarqatayotgan nolinchi bemor, uni to‘xtatish kerak

"Siz Putinni urushlarsiz tasavvur qila olasizmi? Uning urush g‘oyasi yangi hududlarga tarqalmoqda. U Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Yevropadagi eng yirik urushni boshladi. Putinning qo‘llari qanchalik yechilgan bo‘lsa, u barcha uchun shunchalik xavflidir. Nolinchi bemor to‘xtatilishi shart", — dedi Ukraina prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida.

Zelenskiyning nutqidan iqtiboslar:

◾️ Yil boshidan beri Rossiya Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlar va yaradorlar hisobida 248 ming kishisini yo‘qotdi. Bu vaqt ichida u ming kvadrat kilometrni bosib olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ko‘p o‘tmay Ukraina bu hududlarning katta qismini ozod qildi;

◾️ O‘z hududiga yana ming kvadrat kilometr qo‘shish uchun Putin har bir kvadiat kilometrga 248 kishining joni bilan haq to‘lamoqda. Putin besh yil ichida 17-18 marta bir xil va’dani berdi: yana bir necha oy va urush tugaydi, ammo muddatlar doimiy ravishda ortga surilmoqda;

◾️ Putin Odesa, Xarkov, Dnepr va boshqa shaharlarimizni bosib olmoqchi, uni to‘xtatish kerak. Nimadir unga "tinchlik" deyishga xalaqit bermoqda. O‘zining 17 million kvadrat kilometr hududi unga yetarli bo‘lishi kerak, lekin u boshqalarnikini egallab olishni xohlaydi;

◾️ Rossiya nefti — Ukraina uchun nishon emas. Benzin, dizel, zavodlar — Ukrainaning maqsadi emas. Putinni to‘xtatish uchun Rossiya moliyasi va ishlab chiqarishini to‘xtatishimiz shart. Biz Rossiyaning daromadlarini yoqib yuborishga harakat qilyapmiz, bizning nishonimiz shu;

◾️ Bu qish biz uchun juda og‘ir bo‘lishi mumkin, ammo javob tariqasida uni Rossiya uchun ham og‘riqli qilishdan boshqa choramiz qolmaydi;

◾️ Hech bir rus amaldori vaqti kelib Rossiya "general Ayozdan" himoyalanishiga to‘g‘ri keladi deb o‘ylamagan edi. Agar Rossiya bizning energetika ob’ektlarimizga zarba berishda davom etsa, biz ham xuddi shunday qilamiz. Shuning uchun qishgacha vaziyatni yumshatish (deeskalasiya) zarur;

◾️ Rossiya bu urushni boshlaganida, qachondir Ukrainaning uzoq masofaga uchuvchi dronlari Sibirning bir chetida joylashgan harbiy zavodlariga yetib borishini tasavvur ham qila olmasdi.

◾️ Biz qurollarning jadal rivojlanishini sekinlashtirishimiz kerak, chunki kelasi yildanoq jang maydonida nima bo‘lishini nafaqat odamlar, balki sun’iy intellekt hal qila boshlashining ehtimoli bor. Va bu nuqtaga yetib bormasimizdan oldin bizga tinchlik kerak;

◾️ Afsuski, biz bugun AQShda bo‘lgan, biroq bu yerda bo‘lmagan Xitoy rahbari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashish imkoniga ega bo‘lmadik. Si Jinpin Rossiyaga boshqa ko‘plab insonlarga qaraganda ko‘proq ta’sir ko‘rsata oladigan shaxsdir.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!