Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy BMT bosh kotibini Ukrainaga taklif qilishdan bosh tortdi

A A A
Zelenskiy BMT bosh kotibini Ukrainaga taklif qilishdan bosh tortdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning mamlakatga tashrifini rad etdi. Bunga Guterrishning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitidagi ishtiroki sabab bo‘lgan.

“Qozondagi sammitdan so‘ng Antoniu Guterrish Ukrainaga kelmoqchi edi. Lekin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tashrifni tasdiqlamadi, shuning uchun Guterrish bu yerga kelmaydi”, dedi Ukraina prezidenti ofisidagi manba.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Guterrishning Qozonga tashrifini tanqid qilib, bosh kotibning Ukraina tomonidan iyun oyida Shveysariyada uyushtirilgan tinchlik sammitida qatnashmaganiga e’tibor qaratdi.

“Bu tinchlik ishiga hissa qo‘shmaydigan noto‘g‘ri tanlovdir, bu faqat BMT obro‘siga putur yetkazadi”, deya ta’kidladi prezidenti ofisi.

Kiritildi: 23:45 25.10.2024. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!