Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy AQShni Ukrainaga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari sotishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi

Zelenskiy AQShni Ukrainaga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari sotishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh tomonidan mamlakatga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari sotilishi masalasida hali ham aniq javob berilmayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina o‘zining havo mudofaasini kuchaytirish uchun faol harakat qilmoqda, biroq AQShdan hech qanday amaliy yordam kelmayapti.

«Biz havo hujumiga qarshi mudofaa tizimimizni mustahkamlash ustida ish olib boryapmiz. Bu yo‘nalishda AQShdan aniq va ijobiy ishoralar juda zarur. Biz hali ham Ukrainaga yordam berishi mumkin bo‘lgan ushbu tizimlarni sotib olish taklifimizga javobni kutyapmiz. Bizga so‘zlar emas, amaliy qadamlar kerak», — dedi Zelenskiy o‘zining kechki videomurojaatida.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlarda ortiqcha Patriot tizimlari mavjud emasligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 12:17 08.06.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!