Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy AQShdan qurol-yarog‘ xaridi bo‘yicha “mega-kelishuv” haqida e’lon qildi

Zelenskiy AQShdan qurol-yarog‘ xaridi bo‘yicha “mega-kelishuv” haqida e’lon qildi

Zelenskiy Kiyevda o‘tkazilgan brifingda Ukraina Qo‘shma Shtatlarga qiymatitaxminan 90 milliard dollarga teng bo‘lgan zaruriy qurollar ro‘yxatini topshirganini ma’lum qildi.

"Biz prezident Donald Tramp bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuvda asosiy masalalarni muhokama qildik va bir qator kelishuvlarga erishdik. Endi amaliy bosqichga o‘tyapmiz", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlarga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina rasmiylari sentyabr oxirida yoki oktyabr boshida Qo‘shma Shtatlarga borib, qurol-yarog‘ xaridi bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi. Bundan tashqari, dron ishlab chiqarish bo‘yicha alohida kelishuv ham muhokama qilinadi.

"Biz uzoq masofali zarba beruvchi tizimlar kabi aniq qurol turlari bo‘yicha bitimlarga ham tayyormiz", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Kiritildi: 18:50 28.09.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!