Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, AQShda Ukrainadagi mojaroni yakunlashga qaratilgan bir nechta yangi taklif va rejalar muhokama qilinmoqda.
Zelenskiyning aytishicha, Ukraina, AQSh va Rossiya vakillari ishtirokidagi uchrashuv kuz fasliga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, u bir hafta ichida mazkur masalani Amerika tomoni bilan muhokama qilish uchun Vashingtonga tashrif buyurishi mumkinligini bildirdi. Bu muzokaralar mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida baholanmoqda.