Zelenskiy 23 aprelda Londonda AQSH, Ukraina va Yevropa davlatlari delegasiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
"Chorshanba kuni bizning vakillarimiz Londonda bo‘ladi. Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya va Qo‘shma Shtatlar muzokaralar o‘tkazadi. Biz shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va undan so‘ng haqiqiy hamda barqaror tinchlikni ta’minlash uchun iloji boricha konstruktiv harakat qilishga tayyormiz", — dedi Ukraina prezidenti.