Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta ona bo‘ldi (FOTO)

Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta ona bo‘ldi (FOTO)

Oldinroq aktrisa Zarina Nizomiddinovaning Rossiyaga ketgani haqida xabar bergan edik. Aktrisaning o‘zi esa Moskvada yana bir farzandni dunyoga keltirganini ma’lum qildi.

«Assalomu alaykum, sahifamning men uchun qadrli bo‘lgan a’zolari! Kecha o‘zim to‘g‘rimda, Rossiya kinematografini zabt etish uchun sevimli vatanim — O‘zbekistonni tark etdi, degan xabar eshitdim. Albatta, kasbimizdagi yangi marralar va yutuqlarni niyat qilamiz, yaxshi niyat — yarim mol, lekin ayni vaqtda men bundan-da, muhimroq loyiha ustida ishlayapman. Men ikkinchi bor ona bo‘ldim va ushbu kasbni yana boshidan o‘zlashtiryapman. Yaqin kunlarda bor iste’dodim va mahoratimni kichkintoy pahlavonimni parvarishi uchun bag‘ishlayman. Axir, eng mas’uliyatli va murakkab kasb — onalik kasbi, deb bekorga aytishmagan! Alloh barcha onalarni o‘z panohida asrasin!», — deb yozadi aktrisa.

Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta ona bo‘ldi (FOTO)

Ma’lumot uchun, Zarina Nizomiddinovaning birinchi turmushidan Temurxon ismli o‘g‘li bor.

Kiritildi: 18:04 01.06.2020. O'qildi: 24153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!