Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi

Zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 iyuldagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-104-son Farmoniga ko‘ra 2024 yil 1 noyabrdan:

✅ chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini, basharti ular bo‘yicha bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa, sotuvga qo‘yish va chakana savdoda realizasiya qilish man etiladi;

❕Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024 yil 1 sentyabrgacha rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

✅ qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari lisenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar ro‘yxatiga kiritiladi;

✅ Asillik inspeksiyasining xulosasi bo‘lmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;

✅ jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;

✅ 2027 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

Kiritildi: Bugun 15:06. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!