Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zangiotada yashirin sex faoliyati fosh etildi

A A A
Zangiotada yashirin sex faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan “The Procter & Gamble” kompaniyasi ishonchli vakilining murojaatiga asosan tuman DSI bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. o‘zining yashash xonadonida yashirin seh tashkil qilib, har biri 2 kg. dan qadoqlangan polietilen qoplarda “Ariel”, “Tide”, “Persil” va “Mif” nomli brendlar ostida qalbakilashtirilgan kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarilayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 4 540 kg yarim tayyor mahsulotlar, 146 dona kir yuvish kukuni, 111 dona turli brend nomlari tushirilgan polietilen paketlar, 2 dona qadoqlash uskunasi va tarozi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:29 24.11.2021. O'qildi: 3120 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!